O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Quvasoy shahar qarashli “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan registratorlar tomonidan mahallaning sxematik xaritasiga yangi qurilgan obyektlarni, o‘zgartirilgan ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylarni hamda noturar binolarda aholi yashashi mumkin bo‘lgan obyektlarni kiritish ishlari amalga oshirildi. Mazkur jarayon joriy yilning 31-avgustiga qadar davom etadi.
Axborot xizmati.