23/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-avgust holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 12 819,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 - yilning mos davriga nisbatan 108,6 % ga oshdi.

Shu jumladan,:
Yirik korxonalar tovar aylanmasi - 1 548,6 mlrd. so‘mni
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlar tovar aylanmasi -11270,6 mlrd. so‘mni
shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi - 889,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Chakana savdo aylanmasi hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
Qo‘qon shahri - 2 677,9 mlrd. so‘mni
Farg‘ona shahri - 2 602,7 mlrd. so‘mni
Marg‘ilon shahri – 2 288,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Chakana savdo aylanmasi hajmi quyi bo‘lgan hudud:
So‘x tumani - 157,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Axborot xizmati