Aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish, aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalardan biridir. 2023-yilda ana shu ma’lumotlarni to‘plash maqsadida hozirgi kunda uy-xo‘jaliklarini ro‘yxatga olish jarayonlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 22-avgust kuni Beshariq tumani ro‘yxatga olish bo‘limining registratorlariga biriktirilgan “Ariqboshi”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oncha”, “Telov”, “Chorbog‘to‘rang‘i”, “ Chorbog‘”, “Quyi Zarqaynar” mahalla fuqarolar yig‘inlarining sxematik xaritalarini o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, xaritaga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Axborot xizmati.