Joriy yilning 23-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-avgust kunidagi “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-350-son qarori hamda 2022-yil 15-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-avgust kunidagi “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-350-son qaroriga to‘xtalib, mazkur qaror zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash, shuningdek, joriy yil 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan hamda 29-iyul kuni axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ilgari surilgan yangi tashabbus va g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilinganligini, mazkur qaror 12-banddan iborat bo‘lib, uning asosida 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi haqida to‘xtaldi. Bundan tashqari, 2022-yil 15-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-son qaroriga to‘xtalib, mazkur qaror davlatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda ularning rolini mustahkamlash, tender tenglikni ta’minlash, shu bilan birga, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun keng shart-sharoitlarni yaratish, ularni ilm-fanga faol jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda "Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq qabul qilinganligini haqida so‘z yuritdi.
Axborot xizmati.