Joriy yilning 24-avgust kuni Yozyovon tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan va uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonini muddatidan oldin tugatgan registratorlar o‘z sxematik xaritalarini Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘lim mutaxassisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani bo‘limi mutaxassisiga topshirish ishlari amalga oshirildi. Kadastr agentligi mutaxassisi xujjatlarni qabul qilish jarayonida registrator bilan yakka tartibda suhbatlashib, belgilangan shartli belgilar asosida o‘zgartirilgan sxematik xaritani ko‘zdan kechirib, tahlil qilgan holda qabul qilib oldi.
Axborot xizmati.