O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadidir. Viloyatimiz ham mazkur jarayonni yuqori saviyada o‘tkazish uchun bugundan tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Hammamizga ma’lum joriy yilning 4-31-avgust kunigacha uy-joylarni ro‘xatga olish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Rishton tumaniga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar ham o‘z hududlaridagi sxematik xaritani o‘rganish jarayonida yangi qurilgan va buzilgan binolarni xaritaga kiritish va xaritadan olib tashlash ishlarini Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan shartli belgilar asosida amalga oshirmoqda.
Axborot xizmati.