24/08/2022

Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limining bosh mutaxassisi G.Gafurova hamda  Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozovlar ishtirokida Quvasoy shahridagi  dehqon bozorining 5-narx (bozor)  xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi  va narxlarni planshetlarga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida  tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

 

 

photo2022-08-2412-29-09
photo2022-08-2416-12-39
photo2022-08-2412-29-13
                                            

                                                                               Axborot xizmati.