24/08/2022

Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi G.Gafurova va Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayevlar ishtirokida Yozyovon tumani  5-narx (do‘kon) xaftalik kuzatuvlarining uyushgan savdo majmualari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar  va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi hamda  kuzatuvni  samarali o‘tkazish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar berildi.

 

photo2022-08-2417-20-35
photo2022-08-2312-51-34

                                                                                                                                               Axborot xizmati.