25/08/2022

Barchamizga ma’lum joriy yilning 4-31 avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari  o‘tkazilmoqda.  Huddi ana shunday tadbir Uchko‘prik tumanida ham amalga oshirilmoqda.  Bugungi kunda Uchko‘prik tumanida 40790 ta uy-xojaliklari mavjud bo‘lib, tumanda doimiy aholi soni 239836 tani tashkil etadi. Mazkur tadbirni sifatli va samarali o‘tkazish uchun tuman mahalla fuqarolar yig‘inlariga 40 registrator jalb qilingan. Joriy yilning 24-avgust kuni tumanga qarashli “Mashat”, Boboshbek”, “Tepaqo‘rg‘on” mahallalarida registratorlar uy-joylarni sxematik xarita bilan solishtirish, yangi binolarni hamda yangi ko‘cha nomlarini xaritaga kiritish ishlarini amalga oshirmoqda.

 

 

photo2022-08-2509-22-18
photo2022-08-2509-27-30
photo2022-08-2509-26-02

Axborot xizmati