25/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyatining eksportyorlari soni 628 tani tashkil etib, ular tomonidan 511,7 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan 20,6 % ga ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.

Shundan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi – 101,7 mln. AQSH dollari
Qozog‘iston – 29,1 mln. AQSH dollari
Qirg‘iz Respublikasi – 26,6 mln. AQSH dollari
Pokiston – 0,7 mln. AQSH dollari
Belarus – 2,0 mln. AQSH dollari
Afg‘oniston – 1,1 mln. AQSH dollari
Boshqa davlatlar – 3,4 mln. AQSH dollariga to‘g‘ri keldi.