26/08/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari Z.M. Ziyayev boshchiligida 2022-yil 19-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan sayyor Hay’at yig‘ilishi bayonining qaror qismida boshqarmaning tarmoq bo‘limlari tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘quv seminarlarini o‘tkazish topshirig‘iga asosan  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022-yil 25-avgust kunidagi 01/2-02-10/3-64-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida barcha shahar va tuman statistika bo‘limlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev va barcha tarmoq bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar. Seminarning birinchi soatida “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Umarov tomonidan “Sanoat statistikasiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirilishi tartibi, shu yo‘nalishda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar” mavzusida ko‘rgazmali slayd yordamida ma’ruza qildi. Seminar jarayonida sanoat ko‘rsatkichlarini shakllantirish,  O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil  1-dekabr kungi 114-sonli hamda 2020-yil 13-apreldagi 24-sonli buyruqlariga asosan kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatini telefon so‘rovi orqali o‘rganish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Seminar yakunida mavzuga oid savollar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

photo2022-08-2610-24-12
photo2022-08-2610-24-12-2
photo2022-08-2610-14-50

Axborot xizmati.