26/08/2022

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida barcha shahar va tuman statistika bo‘limlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarni “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi X.Mutalipov tomonidan  “Farg’ona viloyatida qurilish ishlari hajmini shakllantirish” mavzusida suhbatni davom ettirar  ekan, u xususan, qurilish ishlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish, yirik qurilish ishlari hajmi: 12-korxona shakli (oylik) hisoboti, kichik korxona va mikrofirmalar qurilish ishlari hajmi: 4 kb (qurilish, savdo, xizmat) (choraklik) choraklik va norasmiy sektorda qurilish ishlari hajmi: 4-qurilish (jismoniy) hisobotlarini shakllantirish va ularni o‘z muddatida topshirish  tartib-qoidalari, hisobotlarni topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish tartibi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev qirurilish ishlari  statistik hisibotlarini sifatli va o‘z vaqtida topshirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Seminar so‘ngida mavzuga oid savol-javoblar  bo‘lib o‘tdi.

 

Qurilish-4
Qurilish-3
Qurilish-1
Qurilish-2

Axborot xizmati.