26/08/2022

Joriy yilnin 26-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022-yil 25-avgust kunidagi 01/2-02-10/3-64-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida shahar va tuman statistika bo‘limlarining rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida “Ma’muriy ishlarni yuritilishi holati, korrupsiyaga qarshi kurashga oid amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan ishtirokchilarga amaldagi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 215-moddasi talabi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilishda xizmat qiladigan MJtKning qator moddalari hamda uni rasmiylashtirish jarayonlari haqida tayyorlangan slayd orqali tushuntirib berildi. Bundan tashqari jamiyatimizda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda ishni tashkil etish yuzasidan  fikr yuritdi. Seminar  so‘ngida mavzuga oid savol-javoblar o‘tkazildi.

 

 

photo2022-08-2612-40-52
photo2022-08-2612-40-53
photo2022-08-2612-40-52-2
photo2022-08-2612-40-51
Axborot xizmati.