Joriy yilning 26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun tashkil qilingan seminarning navbatdagi mavzusi “Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha davlat statistika hisobotlari ma’lumotlarining holati, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va taqdim etishdagi mavjud muammolar, sohaga oid ko‘rsatkichlarni hisobotlarda haqqoniy aks ettirish” deb nomlangan. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev va “Qishloq xo‘jaligi va ekololgiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarovlar olib bordilar. Seminarda asosan 2-FX shakli (yilda 2 marta 1-iyul va 1-yanvar holatiga) hamda 25- fevraldan kechiktirmay 1-FX “Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida”gi yillik Davlat statistika hisobotini internet tarmog‘i orqali taqdim etish tartiblari va hisobot qamrovini hamda sifatini yaxshilash, fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarining haqqoniyligini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari hisobotini solishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalardan xo‘jaliklar kesimida ma’lumotlar olish va foydalanish, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha davlat statistika hisobotlarini taqdim etishda mavjud muammolarni bartaraf etish yollari haqida fikr yuritildi.
Axborot xizmati.