Joriy yilning 26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tashkil etilgan seminarda “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig’i X.Nortojiev “Farg’ona viloyatida xizmatlar hajmini shakllantirish, transport ko’rsatkichlari va uy-joy fondini obodonlashtirish ko’rsatkichlari” mavzusida ko‘rgazmali slayd yordamida ma’ruza qildi. Suhbatni davom ettirar ekan, u xususan, transport va xizmatlar sohasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirishda, yirik korxonalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar hajmi: 12-korxona shakli (oylik) hisoboti, kichik korxona va mikrofirmalar xizmatlari hajmi: 4 kb (qurilish, savdo, xizmat) (choraklik) so’rovnomada va norasmiy sektordagi xizmatlar hajmi: 4-xizmat (jsh), 4-tr (yat) va 1-akt tanlama kuzatuvlari orqali hajmlarni shakllantirish va ularni o‘z muddatida topshirish tartib-qoidalari, hisobotlarni topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish tartibi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev xizmatlar sohasi statistik hisibotlarini sifatli va o‘z vaqtida topshirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Seminar so‘ngida mavzuga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.