Navbatdagi seminar mavzusi “Savdo statistikasiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirilishi tartibi, shu yo‘nalishda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar” bo‘lib, mazkur mavzu bo‘yicha “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mahmudova ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida yirik korxonalar hajmi: 12-Korxona shakli (oylik), 12-Korxona shakliga ilova (savdo) (oylik), 1-savdo shakli (yillik) hisobotlari,kichik biznes sub’ektlari hajmi: oylik ma’lumotlar - kichik korxona va mikrofirmalarning choraklik tanlanma kuzatuvi, yillik ma’lumotlar - 1-KB shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning” hisobotini shakillantirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan tovarlar hajmi: 4-Savdo (JSh) (choraklik), 12-bozor (oylik),) 12-bozor (chorva) (oylik) statistik hisobotlarini shakllantirish mexanizmlariga to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarini sifatli vao‘z muddatida shakllantirish hamda qamrovini ta’minlash yuzasidan so‘z yuritdi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.
Axborot xizmati.