Navbatdagi seminar mavzusi shu haqda. “Demografiya va mehnat statistikasiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirilishi tartibi, shu yo‘nalishda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar” bo‘lib, mazkur mavzu bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Soliyev ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida 1-mehnat yillik (1-fevraldan kechiktirmay), 1-SH (shikastlanish) yillik (10-fevralga qadar), 1-SH (shikastlanish) yillik (10-fevralga qadar), 1-oila yilda bir marta (muddati 1-aprel), 1-IH yilda bir marta (27-maydan kechiktirmay), 1-hudud yillik (15-dekabrdan kechiktirmay), 1-NH yilda bir marta (16-dekabrdan kechiktirmay), 4- mehnat choraklik (Hisobot davridan keyingi oyning 6-sanasidan kechiktirmay) hisobotlarini sifatli shakllantirish hamda qamrovini ta’minlash bo‘yicha so‘z yuritdi. Bundan tashqari mazkur hisobotlarini shakllantirish va ularni o‘z muddatida topshirish tartib-qoidalari, hisobotlarni topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish tartibi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.