29/08/2022

Joriy yining 26- avgust kuni viloyat shahar, tuman statistika bo‘limlari boshliqlari va mas’ul xodimlarining malakasini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati” bo‘limi tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash, ijro nazoratini tashkil etish va mustahkamlash bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, kirim qilingan hujjatlar ijrosining kunlik nazoratini olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish masalalari yuzasidan qatnashchilarga atroflicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

 

photo2022-08-2910-31-28
photo2022-08-2910-31-28-2
photo2022-08-2910-31-28-3

                                                                            Axborot xizmati.