Joriy yilning 29-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31-yilligi bayrami munosabati bilan hamda joriy yilning 4-31-avgust kunlari uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlarida faol qatnashgan va muddatidan oldin uy-joylarni ro‘yxatini shakllantirgan Farg‘ona shahrining bir qator registratorlari ga Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sovg‘alarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish" bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanovlar o‘z egalariga topshirdilar.
Axborot xizmati.