Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tashkil etilgan seminar davomida “Kadrlar” bo‘limi boshlig‘i J.Akbarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga soluvchi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va mazmuni haqida so‘z yuritildi. Mazkur Qonunning asosiy tamoyllari, qonun kimlarga nisbatan tatbiq etilishi, Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi haqida tayyorlangan slayd yordamida ma’lumot berildi. Bundan tashqari viloyat statistika boshqarmasining xodimlarining odob-ahloq normalariga rioya etishlari, ijro intizomi, kiyinish va muomala madaniyati hamda boshqarmaning ichki tartib qoidalariga to‘la amal qilish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.