Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Haydarov tomonidan joriy yilning 26-avgust kuni o‘tkazilgan o‘quv seminarida “1-umumta’lim” hisobotini tayyorlash bo‘yicha shahar va tumanlar statistika bo‘limi boshliqlari va mas’ul xodimlariga “1-umuta’lim” hisobotining 101 satridan 113 satrgacha rasmiylashtirish tartibi batafsil tushuntirildi. Tushuntirish jarayonida asosan 2021-yildagi o‘quvchi soni bilan bu yilgi o‘quvchi sonini aniqlash, taqqoslash va nazoratga olish, 2022-20223- o‘quv yili bo‘yicha jami o‘quvchi soni ko‘paygani haqida ma’lumot olish va yoshi bo‘yicha sinflarga ajratish, o‘quv mashg‘ulotlarning tilla bo‘yicha o‘qitilishi to‘g‘risida va pedagog-xodimlarining umumiy soni, ma’lumoti bo‘yicha tasniflashi kabi ma’lumotlarni shakllantirish va qamrovini ta’minlash yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Axborot xizmati.