30/08/2022

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi 30,8 %ni, haftasiga ikki marta 40,8 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchi erkaklar ulushi 28,4 %ni tashkil etdi.