Joriy yilning 30-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 17-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-790) qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, 2022-yil 17-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-790) qonuni 7 bob, 62 moddadan iboratligi, qonunning maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, qonunda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, favqulodda vaziyat zonasi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.