30/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra,2022-yil yanvar-iyul holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 543,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 139,2 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,4 % punktga ko‘payib, 12,5 %ni tashkil etdi.