Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra,2022-yil yanvar-iyul holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 66,4 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-iyul oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 2,4 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 97,6 %ni tashkil etgan holda 2 894,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Shundan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri - 973,9 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri - 393,0 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 229,7 mlrd. so‘m
Qo‘shtepa tumaniga - 205,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.