Joriy yilning 5-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kungi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 829-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 2021-yil 24-fevral kungi 2-mh buyrug‘ining mohiyati va mazmunini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqish tartibini nazarda tutuvchi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi ekspertiza korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyani yuzaga keltiradigan omillarni aniqlash, loyihani qabul qilishning korrupsiya holatlari uchun imkoniyat yaratadigan oqibatlarini umumiy tarzda baholash, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega tavakkalchiliklarning yuzaga kelish ehtimolini prognoz qilish, aniqlangan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritdi.
Axborot xizmati.