Joriy yilning 5-sentyabr kuni Farg‘ona shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”i va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining statistik hisobotlarini topshirishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmlari hisobini to‘g‘ri rasmiylashtirish tartiblari haqida so‘z yuritildi. Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.