07/09/2022

Joriy yilning  4-31- avgust  kunlari respublikamizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirda barcha registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish hamda 7 shartli belgilar asosida xaritalarga o‘zgartirishlar kiritish kabi ishlari olib borildi. Marg‘ilon shahar registratorlari ham bu tadbirda  faol qatnashdilar. O‘zbekiston Respublikasi  Davlat mustaqilligining 31-yilligi bayrami hamda uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari nihoyasiga yetganligi munosabati bilan registratotlar Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandilar. Sovg‘alarni Marg‘ilon shahar hokimi  A.Ziyavutdinov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Karimovalar o‘z egalariga topshirdilar.

 

photo2022-09-0717-44-52
photo2022-09-0717-44-47
photo2022-09-0717-45-07
photo2022-09-0717-45-01
photo2022-09-0717-44-57

   Axborot xizmati.