Joriy yilning 8-sentabr kuni viloyatimizning ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limida aholini ro‘yxatiga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshiralayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Press-turda bo‘lim tomonidan xozirgi kunda aholini ro‘yxatga olish jarayoni qaysi bosqichda ketayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Chunonchi, joriy yilning iyul oyida shahar va tumanlarda “Ro‘yxatga olish” bo‘limlari ochilib, unda bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlari joriy etilganligi, avgust oyida esa uy-joylarni ro‘yxatga olish uchun shartnoma asosida 713 ta registrator vaqtincha ishga qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi. Registratorlar bir oy davomida viloyatimizdagi 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 791211 xonadonlarni o‘rganib, 7ta shartli belgilar asosida mahalla xaritasiga o‘zgartirishlar kiritdilar. Bundan tashqari uy xo‘jaliklaridagi aholi soniga aniqliklar kiritilib, ro‘yxati shakllantirildi. Xozirgi kunda barcha shahar va tumanlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida shakllangan ro‘yxatni elektron bazaga kiritish ishlari olib borilayotganligi yuzasidan keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.