Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida shaffof statistik hisobot tizimini yuritish maqsadida joriy yilning 7-sentabr kuni Ucko‘prik tumani hokimligida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A. Akbarov, mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Ya. Esonmirzayevlar qatnashdilar. Tadbirda 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”i va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining statistik hisobotlarini topshirishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmlari hisobini to‘g‘ri yuritish tartiblari haqida so‘z yuritildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Axborot xizmati.