08/09/2022

Joriy yilning 8-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Marg‘ilon shahridagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini yuborish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov qatnashib, ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini yuborish, hisobotning har bir satrini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

photo2022-09-0817-51-52
photo2022-09-0817-52-04
photo2022-09-0817-51-57

Axborot xizmati.