Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish: viloyatda tayyorgarlik ishlari qanday bormoqda? Birinchi yarim yillik yakunlari tahlili” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda mazkur bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov ishtirok etib, еaklif qilingan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarga joriy yilning 8 oylik yakunlari yuzasidan hisobot berdi. Jumladan hisobot davrida ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha aholini xabardor qilish va ularni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga jalb qilish maqsadida 878 ta targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilganligi, televideniyada 33 ta, radioda 37 ta, gazeta va jurnallarda 98 ta, rasmiy veb saytlarda 240 ta chiqishlar qilinganligini ta’kidlab o‘tildi. Bundan tashqari davlat tashkilotlari va aholi gavjum joylardagi manitorlarda videoroliklar 239 marotaba namoyish etilligi, joylarga chiqqan holda: o‘liy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 32 ta, umumta’lim maktablarida 96 ta, boshqa tashkilotlarda 103 marotaba davra suhbatlari olib borilganligi yuzasidan hisobot berildi. Anjuman so‘ngida jurnalistlar tomonidan berilgan savollar javob qaytarildi.
Axborot xizmati.