Joriy yilning 8-sentabr kuni Quva tumaniga qarashli barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 1-umumtaʼlim shakli hisobotini avtomatlashtirilgan Estat - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov ishtirok etdi. Seminar jarayonida I.Xaydarov tomonidan o‘rnatilgan tartibda haqqoniyligi, xolisligi va qiyosliligini taʼminlagan holda 1-umumtaʼlim shakli bo‘yicha davlat statistika hisobotini ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.