09/09/2022

Hammamizga ma’lum joylarda  2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”ini tayyorlash yuzasidan  o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.  Xuddi  ana shunday seminar Furqat tumani hokimligining majlislar zalida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida ham tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov hamda mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Ya. Esonmirzayevlar tomonidan 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”ini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmlari hisobini to‘g‘ri tayyorlash tartiblari haqida so‘z yuritildi.

 

 

35
12
27
21

Axborot xizmati.