Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Farg‘ona tumaniga qarashli umumta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda pedagog xodimlarining ma’lumoti bo‘yicha, ma’lumotlarni hisobotda ko‘rsatilgan satrga to‘g‘ri tushurilishini ta’minlash, o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha taqsimotini satrga tushurish yuzasidan ko‘rgazmali slayd yordamida ishtirokchilarga tushuntirib berdi. Seminar yakunida maqktab misolida amaliy mashg‘ulot ham o‘tkazildi.
Axborot xizmati.