09/09/2022

Joriy yilningsh 8 – sentabr kuni Quvasoy shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktab direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida 1-umumta’lim shakl hisobotini tayyorlash yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, shahar xalq ta’limi bo‘limi vakillari qatnashdilar. O‘z navbatida I.Xaydarov mazkur hisobotni tayyorlash jarayonida umumta’lim muassasasi o‘quvchilari sonining o‘zgarishi, sinflar bo‘yicha o‘quvchilarning tarkibi, sinflar va ta’lim olib boriladigan tillar bo‘yicha o‘quvchilarning taqsimlanishi, o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi,  chet tillari o‘qitilayotgan o‘quvchilarning taqsimlanishi bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni  hisobotda belgilangan satrlarga to‘g‘ri tushirish yuzasidan slayd yordamida tushuntirib berildi.

 

photo2022-09-0818-22-40
photo2022-09-0914-28-05
photo2022-09-0818-22-46
photo2022-09-0818-22-41

Axborot xizmati.