Joriy yilning 9-sentabr kuni Toshloq tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Ahrorov, tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari qatnashdilar. Seminarda E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda ijtimoiy yordamga muxtoj o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari, mashg‘ulotlarning smenaliligi, maktab kutubxonasi, kuni uzaytirilgan guruhlar va maktab filiallari kabi bo‘limlarini to‘ldirishdagi muhim jihatlariga e’tibor qaratish haqida slaydlar yordamida tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.