2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”i va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining statistik hisobotlarini tayyorlashda bog‘lar, rezavorlar va tokzorlar, organik dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish, ko‘chat va nihol yetishtirish, tut, terak, pavlovniya plantatsiyalari va qatorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida mavjud dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining sonini aniqlash, chorvachilik va boshqa bo‘limlardagi satrlarni to‘ldirishdagi muammolarga duch kelayotgan omillar haqida Bag‘dod tumani hokimligida tuman mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda so‘z yuritildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A. Akbarov, mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Ya.Esonmirzayev, Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i K.Imomovlar qatnashdilar. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.