Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahri umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanov, shahar xalq ta’limi bo‘limi vakillari qatnashdilar. Seminarda E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda axborot-kommunikasiya texnologiyalari, maktab binolari va o‘qitishning texnika vositalari, kutubxona, sport zali, sport maydonchasi kabi bo‘limlarini to‘ldirishdagi muhim jihatlari haqida slayd yordamida tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.