12/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergn ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2021- yil yakuniga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 11548,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan investitsiyalarni 6268,5 mlrd. so‘mga oshishini ta’minladi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Sanoat - 5922,2 mlrd. so‘m
Qurilishda - 3054,7 mlrd. so‘m
Savdo sohasida - 1138,2 mlrd. so‘m
Tashish va saqlashda - 452,7 mlrd. so‘m
Boshqa turdagi xizmatlar - 410,4 mlrd. so‘m
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 368,9 mlrd. so‘m
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish - 117,2 mlrd. so‘m
Yashash va ovqatlanishda - 63,9 mlrd. so‘m
Axborot va aloqada - 19,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.