12/09/2022

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida shaffof statistik hisobot tizimini yuritish, 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”i va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining statistik hisobotlarini topshirishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmlari hisobini to‘g‘ri yuritish tartiblari haqida joriy yilning 9-sentabr kuni Yozyovon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida slaydlar yordamida so‘z yuritildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A. Akbarov, tuman statistika bo‘lim boshlig‘iA.Arapovlar qatnashdilar. Seminar so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

 

 

photo2022-09-0917-14-02
photo2022-09-0917-14-08
photo2022-09-0917-14-10

Axborot xizmati.