Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergn ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2021- yil yakuniga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi 417,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 207,3 mlrd. so‘mga ko‘payganligi kuzatilmoqda.
Shundan:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik – 203,2 mlrd. so‘m
O‘rmonchilik va yo‘g‘och tayyorlash – 0,05 mlrd. so‘m.
Baliq ovlash va akvakultura – 6,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulotlar
12/09/2022