Joriy yilning 12-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 29-yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari”to‘g‘risidagi PQ-107-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, 2022-yil 29-yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari”to‘g‘risidagi PQ-107-son qaroriga to‘xtalib, mamlakatimizda sud tizimini demokratlashtirish, sudlar faoliyati shaffofligini ta’minlash, aholi bilan muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirishga qaratilgan salmoqli ishlarning davomi hisoblanishini, jamiyatimizda ma’muriy sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish talab etilayotganligini, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish haqida ma’ruza qildi.
Axborot xizmati.