13/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergn ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2021- yil yakuniga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi 3248,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.  Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlarni 630,9 mlrd. so‘mga oshganini ko‘rsatdi.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning eng ko‘pi:
Farg‘ona shahri - 705,8 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 534,6 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri - 321,6 mlrd. so‘m
Oltiariq tumani - 266,8 mlrd. so‘m
Uchko‘prik tumani - 216,6 mlrd. so‘m
Toshloq tumani - 167,5 mlrd. so‘m
Yozyovon tumani - 137,4 mlrd. so‘m
Buvayda tumani - 111,1 mlrd. so‘mda qayd etildi.