13/09/2022

Joriy yilning 13-sentabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Furqat tumaniga qarashli umumta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi vakili D.Damenovlar qatnashib, ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda ijtimoiy yordamga muxtoj o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari, mashg‘ulotlarning smenaliligi, maktab kutubxonasi kabi bo‘limlarini to‘ldirishdagi qanday muhim jihatlariga e’tibor qaratish lozimligi haqida slaydlar yordamida tushuntirib berildi.

 

photo2022-09-1313-59-06
photo2022-09-1313-59-05

Axborot xizmati.