Joriy yilning 13-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2008-yil 6-noyabr kunidan kuchga kirgan, 2008-yil 15-iyun kuni Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan “Terrorizm, separatizm, va ekstremizm kabi faoliyatga daxldor shaxslarning shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hududiga suqulib kirish yo‘llarini aniqlash va to‘sish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi KELISHUV ining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, 2008-yil 6-noyabr kunidan kuchga kirgan, 2008-yil 15-iyun kuni Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan “Terrorizm, separatizm, va ekstremizm kabi faoliyatga daxldor shaxslarning shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hududiga suqulib kirish yo‘llarini aniqlash va to‘sish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi KELISHUV 15 moddadan iborat bo‘lib, tomonlar hududlarida terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan samarali kurash olib borish maqsadida, terroristik, separatistik va ekstremistik faoliyatlarga aloqador shaxslarning Tomonlar hududiga suqilib kirishi Tomonlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini anglagan holda, 2002-yil 7-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasi qoidalari, 2001-yil 15-iyundagi terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi hamda 2002-yil 7-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi Mintaqaviy aksilterror tuzilma to‘g‘risidagi Kelishuvga tayangan holda, terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurashishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni qabul qilishda o‘zaro manfaatdorlikdan kelib chiqqan xolda, Tomonlar davlat qonunchiligi va umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar va huquq me’yorlariga tayangan holda, quyidagilar to‘g‘risida kelishib olingan:
«buzg‘unchilar» - 2001-yil 15-iyundagi terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasida belgilangan terroristik separatistik, ekstremistik harakatlarni sodir etganlik uchun yoki sodir etishda gumonlanayotgan, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan shaxslar
«suqilib kirish kanallari» - buzg‘unchilarning Tomonlar hududiga qonuniy va noqonuniy suqilib kirishi yo‘llari va shu kabi ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari ma’ruzachi tomonidan 15-modda yuzasidan alohida to‘xtalib, atroflicha tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.