13/09/2022

Joriy yilning 12-sentabr kuni Uchko‘prik tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.  Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi vakili D.Damenov Uchko‘prik tumani xalq ta’limi bo‘limi vakillari qatnashdilar. Seminarda  E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, sinflar bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari va boshqa shunga o‘hshash ma’lumotlarni satrlarga to‘g‘ri to‘ldirish tartiblari slayd yordamida tushuntirib berildi.

 

 

photo2022-09-1215-41-59
photo2022-09-1315-43-19
photo2022-09-1215-42-08

Axborot xizmati.