14/09/2022

Joriy yilning 13-sentabr kuni Dang‘araga qarashli barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “1-umumtaʼlim” hisobotini taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.  Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi vakili D.Damenov, Dang‘ara tumani statistika bo‘limi boshlig‘i T.Kimsanovlar ishtirok etdilar. Seminar jarayonida I.Xaydarov tomonidan o‘rnatilgan tartibda haqqoniyligi, xolisligi va qiyosliligini taʼminlagan holda 1-umumtaʼlim shakli bo‘yicha davlat statistika hisobotini ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berildi.

 

photo2022-09-1313-35-34
photo2022-09-1410-40-50
photo2022-09-1313-35-36

Axborot  xizmati.