Joriy yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan "Iste’molchilar murojaatlarida qaysi sohalar bo‘yicha muammolar ko‘proq ko‘tarilmoqda” mavzusida “Ochiq muloqot” hamda texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi metrologiya, standartlashtirish, sertifikatsiya idoralari departamentida press tur o‘tkazildi. Tadbir hududiy birlashmaning doimiy hamkorlaridan biri – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentining viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirni o‘tkazish rejasiga ko‘ra, ishtirokchilarga dastlab hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi tashkilotlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, bu borada davlat nazoratini olib borish yo‘nalishidagi tashkilotlari faoliyati bilan tanishib o‘tdilar.
Axborot xizmati.