22/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning 8 oyida O’zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:
 Rossiya – 62,9 ming tonna
Qirg‘iz R. – 6,1 ming tonna
Qozog‘iston – 4,5 ming tonna
Turkmaniston – 471 tonna
Belarus – 261 tonna

2022- yilning 8 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 42,2 ming tonna
Samarqand viloyati – 6,2 ming tonna
Toshkent viloyati – 6 ming tonna
Xorazm viloyati – 5,3 ming tonna